slideshow 1 slideshow 2 slideshow 3 slideshow 4

Xush kelibsiz!

El ardog‘idagi san’atkorning qalb navolari.

        “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida O‘zbekiston xalq artisti Munojat Yo‘lchiyevaning konserti bo‘lib o‘tdi.
        Tinch va farovon, odamlari hayotidan rozi bo‘lib yashayotgan yurtda san’at ravnaq topadi. Elu elatlar o‘rtasida hamkorlik rishtalarini mustahkamlash, odamlar qalbida ezgu insoniy tuyg‘ularni uyg‘otish, yoshlar ma’naviyatini boyitishda musiqa san’atining ta’siri va ahamiyati g‘oyat yuksakdir.
        Istiqlol yillarida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida milliy musiqa san’atimizni rivojlantirish, uning betakror an’ana va maktablarini tiklash, targ‘ib-tashviq etish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirildi. Yurtimizda “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali, san’at haftaliklari, turli ko‘rik-tanlovlar va boshqa tadbirlarni yuksak saviyada o‘tkazish an’anaga aylandi.

''Qalb navolari'' konsert dasturidan fotolavhalar.


Munojot Yo`lchievaning "Qalb navolari" nomli konsert dasturiga taklif etamiz.